Ferdinand: "Karim – "Real" timsoli"

Sherzod Nurmatov
7 apr 2022
Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Chempionlar Ligasi 1/4 finalida "Chelsi"ga qarshi o'yinda (3:1) xet-trikka erishgan "Real"ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzema xususida fikr bildirdi.

"Karim – "Real" timsoli. U jamoasini cho'qqiga olib chiqdi.

Krishtianu Ronaldu "Real"daligida Benzema kamtarlik bilan orqada qolgan, chunki u bu jamoa uchun nimani anglatishini tushungan, ammo endi u soyadan chiqib keldi.

U 34 yoshda bo'lsa-da, dunyoning eng yaxshi hujumchisi. U boshqa darajada. U gol uradi, golli uzatma beradi, o'yinni quradi", – dedi Ferdinand.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail