Fellayni APLga qaytishi mumkin

Alisher
24 yanv 2021
"Shandun Lunen" xavbeki Maruan Fellayni "Vest Xem" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Bosh murabbiy Devid Moyes u bilan "Everton" va "Manchester Yunayted"da birga ishlagan sevimli futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi. Shotland mutaxassisi London klubi rahbariyatidan o'yinchining transferi borasida Xitoy klubi bilan bog'lanishni so'ragan.

Xabarlarga ko'ra, Fellayni Xitoy chempionatidan kyetishni xohlamoqda.

Fellayni o'tgan mavsum Xitoy chempionati doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports