

Fransiya terma jamoasi sobiq posboni Faben Bartez “Tuluza” bilan shartnoma imzoladi. Shartnoma 2020/21 yilgi mavsum so'ngiga qadar amal qiladi. Faben jamoada darvozabonlar murabbiyi bo'lib ishlaydi. Shuningdek, klub akademiyasiga ham yordam beradi.
Bartez “Tuluza” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klubning asosiy jamoasi safida 5 ta o'yin o'tkazib, keyin “Marsel”ga o'tib ketgan.



