EVRO-2016. Nimchorak finaldagi katta afisha: Italiya - Ispaniya

22 iyun 2016, 02:04
Yevropa chempionatining nimchorak finalida o'tgan turnir finalchilari o'zaro kurash olib borishadi.


Antonio Konte boshchiligidagi Italiya terma jamoasi 3-tur o'yini oldidan guruhdagi birinchi o'rin masalani hal etishgan.

Ularga "D" guruhining ikkinchi o'rinni egallagan jamoasi duch kelishi ko'zda tutilgandi.

Xorvatiyadan mag'lubiyatga uchragan Ispaniya guruhni 2-o'rin bilan tugatdi va endi chorak final yo'llanmasi uchun o'tgan safar finalda ro'baru kelgan raqiblari Italiya bilan bahs boylashadi.

Demak 27 iyun kuni "Stad-de-Frans" stadionida Evro-2016 nimchorak final doirasidagi Italiya - Ispaniya uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'yin Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.


Manba: championat.asia