"Arsenal" yarim finalda! "To'pchilar" Londonda "Sporting" to'sig'idan o'tishdi

Aslanov Jasurbek
16 apr 2026
Yevropa Chempionlar Ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 1/4 finali doirasidagi "Arsenal" va "Sporting" jamoalari o'rtasidagi javob uchrashuvi yakunlandi.

Londondagi "Emireyts" stadionida kechgan bahsda hisob ochilmadi.

Uchrashuvni fransiyalik hakam Fransua Letekse boshqarib bordi. O'yin davomida har ikki jamoada ham xavfli vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Biroq Lissabonda kechgan dastlabki bahsdagi 1:0 hisobidagi g'alaba Mikel Arteta shogirdlariga yarim final yo'llanmasini taqdim etdi.

Endi "Arsenal" final yo'lida Madridning "Atletiko" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Eslatib o'tamiz, madridliklar chorak finalda "Barselona"ni musobaqadan chiqarib yuborishgan edi.

Ma'lumot uchun, joriy mavsumdagi YCHL finali Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi "Pushkash Arena" stadionida bo'lib o'tadi.

"Arsenal" - "Sporting" 0:0

"Arsenal": Rayya, Saliba, Moskera, Inkape, Magalyayns, Eze, Martinelli, Dyokeresh, Madueke, Subimendi, Rays.

"Sporting": Silva, Morita, Gonsalvesh, Katamo, Trinkan, Arauxo, Inasiu, Domande, Yulmann, Kuarejma, Suares.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia