Eshitdik-da! "Navbahor"ning sobiq legioneri "Lokomotiv"ga o'tmoqda
Mirjalol Normatov
23 dek 2022, 21:11
2021 yilgi mavsum ikkinchi yarmida "Navbahor" tarkibida harakat qilgan serbiyalik yarim himoyachi Boyan Naydenov 2023 yilni Toshkentda o'tkazishi kutilmoqda.
Bizga ma'lum bo'lishicha, 31 yoshli futbolchi faoliyatini "Lokomotiv"da davom ettiradi.
Naydenov 2022 yilda Chernogoriyaning "Iskra" tarkibida o'ynadi va 1 o'yinda maydonga tushdi.