Eshitdik-da! Levchenko "Neftchi"da qoladi

Alisher Ostonov
9 noya 2025
"Neftchi" klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko faoliyatini kelasi mavsumda ham Farg'onada davom ettiradi.

Championat.asia'ning ma'lumotiga ko'ra, joriy mavsum Superligada chempionlik uchun kurashayotgan "Neftchi"ning tojikistonlik mutaxassisi kelasi mavsumda ham klubda qolishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Levchenko 2022 yilning 2 iyulidan beri jamoani boshqarib kelmoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia