Eshitdik-da! Hamidjon Aktamov - "Buxoro" bosh direktori

Narzulla Saydullayev
12 dek 2025
"Qizilqum" sobiq bosh murabbiyi yana futbolga qaytmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Hamidjon Aktamov tez orada "Buxoro" bosh direktori lavozimiga tayinlanmoqda. Tez orada rasmiy xabar berilishi kutilmoqda. "Buxoro" bosh direktori sifatida Shavkat Salomov ishlab kelayotgan edi. 

Eslatib o'tamiz, Aktamov 2022 yil oxirida "Surxon" menejeri lavozimidan ketganidan so'ng futbolda umuman ishlamagan edi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia