Esanov to'p tepadigan "Akron" mashhur hujumchini transfer qildi

Mirjalol Normatov
13 sen 2024
Artyom Dzyuba faoliyatini "Akron"da davom ettiradi.

36 yoshli forvard Tolyatti klubi bilan 2025 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

"Lokomotiv"dan ketganidan keyin Dzyuba erkin agent maqomida bo'lib turgandi.

Eslatib o'tamiz, "Akron" jamoasi tarkibida Sherzod Esanov harakat qiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://t.me/fcakron