Erling Xoland ofsaydlar haqida fikr bildirdi

Khoja
9 noya 2025, 10:41
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand ofsaydga tushishdan nafratlanishini aytdi.

"Siti"ga o'tganimdan beri 3,5 yil ichida 18 marta ofsaydda qoldim. Bu yomon natija emas deb o'ylayman. Men ofsaydga tushib qolishni yoqtirmayman, bu borada 13 yoshimdan beri o'z ustimda ishlayman, hatto VAR menga yordam beradi",- deb fikr bildirdi hujumchi.

25 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 18 ta gol va 1 ta assist bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com