"Empoli" Paolo Maldinining o'g'lini ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2023, 11:50
"Empoli" matbuot xizmati "Milan" yarim himoyachisi Daniel Maldini ijaraga olinganini e'lon qildi.

Ijara kelishuvi 2023/24 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan bo'lib, unga sotib olish huquqi haqidagi band ham kiritilgan.

Daniel Maldini o'tgan mavsum ijara asosida "Speciya"da to'p tepdi va 20 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi. Uning "Milan" bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali futbolchini 3 mln evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: empolifc.com