Ederson yangi klub bilan kelishuvga erishdi

Alisher Ostonov
2 avg 2025
Istanbulning "Galatasaroy" klubi katta transferni amalga oshirishga yaqin turibdi.

Turk grandi safini yaqin vaqtlar ichida "Manchester Siti"ning braziliyalik darvozaboni Ederson to'ldirishi mumkin.

Turk klubi darvozabon bilan muvaffaqiyatli muzokaralar olib bordi va u bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Endi "Galatasaroy" darvozabon transferini bevosita "shaharliklar" rahbariyati bilan kelishib olishi kerak.

Ehtimoliy bitim summasi o'n million evroga baholanmoqda. Eslatib o'tamiz, 31 yoshli Ederson ingliz klubida 2017 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yilda tugaydi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Neo Spor