Ederson 13-14 mln evro evaziga "Fenerbaxche"ga o'tmoqda - Here We Go!

Sherzod Nurmatov
1 sen 2025
Turkiya klubi "Manchester Siti" bilan 32 yoshli darvozabonning transferi borasida kelishuvga erishdi.

Istanbulliklar "shaharliklar" bilan shartnomasi tugashiga hali 1 yil qolgan braziliyalik darvozabon uchun taxminan 13-14 mln evro to'laydi.

Ederson 2017 yildan buyon ingliz klubi sharafini himoya qiladi va u "Benfika"dan 40 mln evro evaziga o'tgan edi.

Darvozabon "Manchester Siti" tarkibida jami 372 o'yin o'tkazgan. Klub bilan birgalikda olti marta Premer-ligada g'olib chiqqan va bir marta Chempionlar Ligasi g'olibiga aylangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano