ECHL. Hafta futbolchisiga nomzodlar ma'lum

UEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasi chorak finalining birinchi o'yinlari yakunlari bo'yicha haftaning eng yaxshi o'yinchisi uchun nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi.

Nomzodlar orasiga PSJ vingeri Xvicha Kvaratsxeliya, "Bavariya" va "Arsenal" darvozabonlari Manuel Noyer va David Rayya, shuningdek "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares kirdi.

Xvicha "Liverpul" darvozasiga gol urdi (2:0), Alvares "Barselona"ga gol urdi (2:0), Rayya "Sporting"ga qarshi o'yinda "quruq" o'tkazdi (1:0), Noyer esa "Real"ga qarshi o'yinda 9 ta seyv qildi (2:1).


Manba: UEFA.com