

Ma'lumotlarga ko'ra, 27 yoshli xavbekning "Yuve"dan transferi "Nottingem"ga 30 million evroga tushadi.
Har ikki klub ham kelishuv rasman rasmiylashtirilgunga qadar yakuniy detallarni kelishib olishlari kerak.
Ma'lum bo'lishicha, braziliyalikning o'zi joriy mavsum Yevropa Ligasida ishtirok etadigan "Nottingem Forest"ga o'tmoqchi va qolgan barcha takliflarni rad etgan. Futbolchi tez orada tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Angliyaga boradi.



