Doniyor Nazullaev "Metallurg"da

Sherzod Nurmatov
26 fev 2026
Bekobodning "Metallurg" jamoasi kecha Qozog'istonning "Akademiya Ontustik" klubiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Unda bekobodliklar 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

"Metallurg" tarkibida "Sho'rtan" vingeri Doniyor Narzullaev ko'rinish berdi. Aftidan, 30 yoshli futbolchi faoliyatini Pro ligadan Superligaga chiqishni maqsad qilgan klubda davom ettiradi. 

Narzullaev o'tgan mavsum "Sho'rtan" tarkibida 31 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 1 ta golga assistentlik qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia