Bahrom Abdurahimov Proliga jamoasi yig'iniga qo'shildi

Khoja
4 mar 2026
Tarjibali yarim himoyachi Bahrom Abdurahimov "Sho'rtan" mashg'ulotlariga qo'shildi.

37 yoshli futbolchi ayni vaqtda "Sho'rtan" bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Abdurahimov so'nggi ikki mavsumni "Qo'qon-1912" jamoasi safida o'tkazdi. Yarim himoyachi "Qo'qon-1912" jamoasidan tashqari "Andijon", "Nasaf", "Metallurg", "Paxtakor", OKMK kabi jamoalarda to'p surgan. 

Futbolchi faoliyati davomida Superligada 295 ta bahsda maydonga tushgan. Uning hisobida 26 ta gol va 9 ta assist bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia