"Dinamo" "Zenit" bilan o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
3 fev 2026
"Dinamo"ning Dubay ikkinchi yig'inidagi birinchi raqibi – Rossiyaning 10 karra chempioni "Zenit".

"Yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rayotgan "Dinamo" jamoasi 6 fevral kunidan Birlashgan Arab Amirliklarida ikkinchi xorij yig'iniga kirishadi.

Vadim Abramov bosh murabbiyligidagi "Dinamo" jamoasining Dubay yig'inidagi dastlabki o'rtoqlik o'yini Rossiyaning 10 karra chempioni – "Zenit"ga qarshi bo'lib o'tadi. Uchrashuv 9 fevral kuni Abu-Dabi shahrida o'tkazilishi belgilangan.

Samarqand jamoasi yanvar oyidagi 1-yig'inda Abu-Dabida Moskvaning SSKA klubini mag'lub (4:3) etgach, bu safar Sankt-Peterburg jamoasi bilan o'yin borasida kelishuvga erishdi. Qayd etish joiz, Vadim Abramov va Sergey Semak shogirdlari so'nggi ikki yilda ikkinchi bor to'qnash kelishmoqda. Avvalgi o'yin ham 2024 yil Abu-Dabida bo'lib o'tgan va unda piterliklar 5:1 hisobida g'alaba qozongandi.

Tez orada jamoamizning yig'in doirasidagi barcha raqiblari haqida ma'lumot beramiz", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida. 

O'rtoqlik o'yini. 9 fevral (dushanba)

"Zenit" (Rossiya) – "Dinamo" (O'zbekiston)

BAA, Abu-Dabi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати