"Dinamo" o'z maydonida 18 yildan beri "Nasaf"ni enga olayotgani yo'q

Iskandarov Abdulaziz
12 mar 2026, 10:35
Turning yana bir qiziqarli o'yiniga Samarqand mezbonlik qiladi.

"Dinamo" markaziy stadionida "Dinamo" va "Nasaf" jamoalari o'zaro kuch sinashadi. Jamoalar shu kungacha Samarqandda 23 bor uchrashishgan. Bu bahslarda "arslonlar" 5 g'alabani, "ajdarlar" 8 g'alabani qo'lga kiritgan. 10 ta o'yinda tomonlar murosa ko'chasini tanlagan. Mezbonlar oxirgi marotaba 2008 yilgi mavsumda o'z maydonida raqibi ustidan zafar quchgan (3:0).

2025. "Dinamo" - "Nasaf" 2:2

2024. "Dinamo" - "Nasaf" 1:2

2022. "Dinamo" - "Nasaf" 0:4

2019. "Dinamo" - "Nasaf" 1:1

2017. "Dinamo" - "Nasaf" 1:1

2015. "Dinamo" - "Nasaf" 1:1

2014. "Dinamo" - "Nasaf" 0:5

2013. "Dinamo" - "Nasaf" 1:3

2012. "Dinamo" - "Nasaf" 0:2

2011. "Dinamo" - "Nasaf" 0:1

2010. "Dinamo" - "Nasaf" 0:0

2009. "Dinamo" - "Nasaf" 0:0

2008. "Dinamo" - "Nasaf" 3:0


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia