Dilyaver Vaniev: "Mavsumni yuqori notada yakunlash albatta quvonarli"

Narzulla Saydullayev
3 dek 2020, 18:09
Superliganing 26-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Metallurg" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar katta murabbiyi Dilyaver Vaniev o'z fikrlarini bildirdi.

"Mavsumni yuqori notada yakunlash albatta quvonarli. Raqib chempionatni adashmasam 6-o'rinda tugatdi. "Metallurg" juda yaxshi jamoa. Butun mavsum davomida yuqori pog'onalarda yurdi.

Kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Ikkala jamoada ham imkoniyatlar bo'ldi. Penaltidan foydalana olmadik. Muxlislarga menimcha o'yin manzur bo'ldi. Yigitlar qo'llarini tushirishmadi va oxirigacha kurashishdi. Juda qiyin o'tgan mavsum uchun yigitlarga katta rahmat aytaman", - deydi Dilyaver Vaniev.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia