Di Natale Roberto Badjoga yetib oldi

Narzulla Saydullayev
29 apr 2015, 09:01
Udineze hujumchisi Antonio Di Natale Italiya A seriyasi 33-turida Interga qarshi o'yinda gol urdi.
Shu tariqa, 37 yoshli futbolchi Italiya chempionatida o'zining 205-golini urdi va Roberto Badjoga yetib oldi.

Di Nataledan oldinda 5 nafar futbolchi bor: Silvio Piola (274), Franchesko Totti (237), Gunnar Nordal (225), Joze Altafini (216) va Juzeppe Meacca (216).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru