

"U faoliyati nuqtayi nazaridan "Oltin to'p"ga loyiq. U mavsumni juda yaxshi boshladi, shunchaki gol urishda davom etmoqda. Bu mening do'stim. Umid qilamanki, Mbappe shu ruhda davom etadi va bir kun kelib ushbu sharafli sovrinni qo'lga kiritadi", - dedi futbolchi.
26 yoshli Mbappe joriy mavsum barcha musobaqalarda 12 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urgan va 2 ta golga assistentlik qilgan.
28 yoshli Dembele "Oltin to'p"ning amaldagi sohibi hisoblanadi.



