

Eslatib o'tamiz, Mbappeda 7 dekabr kuni "Selta"ga qarshi o'yindan so'ng tizzasida muammolar yuzaga kelgan va hujumchi yanvar hamda fevral oylaridagi bir qator uchrashuvlarni o'tkazib yuborgan edi.
Avvalroq francuz jurnalisti Daniel Riolo shunday degan edi: "Real"da uning noto'g'ri tizzasini tekshirishgani haqida gap-so'zlar yuribdi. Buni bemanilik deb o'ylaysizmi? "Madrid" tibbiy shtabni ishdan bo'shatdi. Kilian yomonroq oqibatlardan qutilib qoldi". Keyinchalik bu ma'lumotni bir qator ispan jurnalistlari ham tasdiqlashgandi.
"Mening noto'g'ri tizzamni tekshirishgani haqidagi ma'lumot haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Ehtimol, buning uchun bilvosita javobgarlik mening bo'ynimdadir. Matbuot bilan muloqot bo'lmaganda, hamma bundan foydalanadi, bu bizning o'yinimiz.
"Real" bilan aloqalarimiz doimo shaffof bo'lib kelgan. Biz mavsumning muhim pallasini boshdan kechirmoqdamiz, men jamoaning g'alaba qozonishini xohlagandim va bu amalga oshdi. Yanvar oyi boshida jarohat olganimda, hamma klubning yagona echimi men deb o'ylagandi, lekin unday emas edi", – dedi Mbappe.



