

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik yulduz 7 dekabr kuni "Selta"ga qarshi bahsda tizzasidan jarohat olgan va shu sababli yanvar-fevral oylaridagi bir qator o'yinlarni o'tkazib yuborgan edi. Kecha Mbappe to'liq sog'ayganini e'lon qildi, biroq uning tiklanish jarayonida qiziq voqea yuz bergan.
Fransiyalik jurnalist Daniel Riolo birinchilardan bo'lib klub shifokorlari adashganini aytgandi. Endi esa Ispaniyaning mashhur "COPE" nashri jurnalisti Migel Anxel Dias ham buni tasdiqladi: "Real" shifokorlari Mbappening jarohatlangan chap tizzasi qolib, uning sog'lom o'ng tizzasini tekshiruvdan o'tkazishgan.
Aynan mana shu pala-partishlik sababli "Qirollik klubi" tibbiy shtabni iste'foga chiqargani aytilmoqda.



