Dalich shogirdi Luka Modrich Evro-2024da o'ynashiga ishonadi

17 dek 2022, 16:55
Xorvatiya terma jamoasi ustozi Zlatko Dalich jamoa yetakchisi Luka Modrich navbatdagi Yevropa chempionatida ishtirok etishiga umid qilmoqda.

Bu xorvatiyalik tajribali "mega miya"ning "Real"da shartnomasi tugaganidan keyin yana bir qancha vaqt "qirollik klubi"da qolishi ehtimolini kuchaytirdi. 37 yoshli futbolchi bugun "Xalifa" xalqaro o'yingohida mundial uchinchi o'rni uchun Marokashga qarshi o'yinda maydonga tushib, o'zining terma jamoadagi o'yinlari sonini 162 taga etkazib olmoqchi. Modrich Qatardagi chahon Chempionatida yaxshi formada bo'ldi va barcha kutganidek turnirdan so'ng termadagi faoliyatini tugatishi borasidagi taxminlar puchga chiqdi. Bu borada Dalich shunday dedi:

"Umid qilamanki, u biz bilan bo'ladi. Men buni intiqlik bilan kutyapman va shunday bo'ladi, deb o'ylayman. Lekin Luka Modrich o'zini qanday his qilishiga qarab o'zi qaror chiqaradi.

Uning futbolga va Xorvatiya terma jamoasiga bo'lgan munosabatini yaxshi bilgan holda ishonchim komilki, u shunday qiladi".


Manba: ESPN