Chempionlarga kubok muborak!

Xayrulla Xoliqov
30 noya 2019, 21:51
Noyabr oyi "Lokomotiv" futbol maktabi uchun ham sermahsul keldi.

2006 va 2007 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilarimiz Turkiyada tashkil etilgan xalqaro musobaqada ishtirok etib, oltin medallar bilan yurtimizga qaytishdi. 

Shuningdek, Qozog'iston va Qirg'izistonda o'tkazilgan xalqaro turnirda ikkita guruh bo'lib ishtirok etgan 2008 yilda tug'ilgan futbolchilarimiz ham chempionlikni nishonlashdi.

Superliga va Proliga klublari maktablari o'rtasida bo'lib o'tgan Respublika tayyorlov guruhlari musobaqasida 2006 yil tug'ilgan futbolchilarimiz oltin medallarni qo'lga kiritib Respublika chempioni bo'lishdi. 

Shu munosabat bilan "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvining tanaffus paytida yosh chempionlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Bunda "Lokomotiv" PFK Bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov futbolchilarimizga bosh sovrin kubokni topshirdi. O'ylaymizki, kelajakda ushbu yoshlardan ham "Lokomotiv"ning asosiy tarkibiga munosib futbolchilar yetishib chiqadi.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz