"Lokomotiv" futbolchisi "Kattaqo'rg'on"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
13 mar 2026
O'tgan mavsumni “Lokomotiv”da o'tkazgan Xudoyshukur Sattorov "Kattaqo'rg'on" bilan kelishuvga erishdi.

"U mavsum oxiriga qadar Samarqand jamoasi sharafini himoya qiladi. 

1998 yilda tug'ilgan Sattorov markaziy himoyachi va tayanch yarim himoyachisi sifatida o'ynay oladi. 

Ma'lumot uchun, faoliyatining katta qismini “Metallurg”da o'tkazgan futbolchi qisqa muddat “Neftchi” libosida ham to'p tepishga ulgurgan", - deyiladi klub bayonotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Каттақўрқон" матбуот хизмати

O'xshash yangiliklar