"Chelsi" navbatdagi transfer rekordini yangilashga tayyorlanmoqda

Khoja
14 yanv 2024
"Chelsi" yozda "Brayton" hujumchisi Evan Fergyusonni sotib olishga harakat qilib ko'radi.

Ma'lumotlarga qaraganda, London jamoasi hujumchining haridi uchun APL transferlar rekordini yangilashi mumkin. 

Ma'lumot uchun, Evan Fergyuson o'tgan yilning noyabr oyida "Brayton" bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzolagandi. 19 yoshli hujumchi 24 ta uchrashuvda 6 ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, APLning avvalgi rekordi ham "ko'klar"ga tegishli. Ular o'tgan mavsum Moyses Kaysedo uchun 115 million funt to'lashgan.


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru