"Chelsi" "Milan" yarim himoyachisini xarid qilmoqchi

Alisher
25 sen 2022, 15:41
"Chelsi" o'z tarkibini "Milan" yarim himoyachisi Ismael Bennaser bilan to'ldirmoqchi.

Yangi bosh murabbiy Grem Potterning o'zi ushbu xaridni maqulladi.

Jazoir terma jamoasi o'yinchisining transferi "ko'klar"ga kamida 40 mln evroga tushadi. Bennaserning "Milan" bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Yarim himoyachi oldin Angliyada "Arsenal" safida harakat qilgan.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato