"Chelsi" Koluillni "Brayton"ga sotmadi. Pochettino himoyachiga ishonch bildirmoqchi

Sherzod Nurmatov
3 iyun 2023
"Brayton" "Chelsi" markaziy himoyachi Levi Koluillni sotib olishga urinmoqda.

20 yoshli angliyalik futbolchi uchun "chaykalar" 30 million funt taklif qilishgan, ammo "ko'klar" rad javobini berishgan.

"Chelsi" yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino kelasi mavsum Koluillga umid bog'lamoqda.

Himoyachi o'tgan mavsumni ijara asosida "Brayton"da o'tkazdi. Agar londonliklar taklifni qabul qilishsa, Koluill Joau Pedro bilan birga "chaykalar" tarixidagi eng qimmat transferga aylanardi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports