"Chelsi" hujumchisi Chempionship jamoasiga yo'l oldi

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2024
"Xaddersfild" Aleks Matosni ijaraga oldi.

"Chelsi" hujumchisi Aleks Matos Chempionshipda qatnashayotgan "Xaddersfild"ga ijaraga o'tdi.



Ma'lumotlarga ko'ra, 19 yoshli Matos ushbu mavsum oxirigacha "tererlar" safida o'ynaydi.

Aleks Matos joriy mavsum "Chelsi" safida 2 ta o'yinda qatnashdi.

"Xaddersfild" ayni paytda 25 ochko bilan 21-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Pride of London