"Chanchun Yatay" o'rtoqlik uchrashuvida 5:1 hisobida g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2020, 14:20
Xitoy klublari pandemiyadan keyingi restartga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.

O'zbekistonlik murabbiy Samvel Babayan boshchiligidagi "Chanchun Yatay" klubi bugun Xitoy birinchi ligasi ishtirokchisi "Pekin Sports Universiteti" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 5:1 hisobida zafar quchdi.

O'rtoqlik uchrashuvi.
"Chanchun Yatay" - "Pekin Sports Universiteti" 5:1
Gollar:
Tan Long 2ta, Zang Li, Deli 2ta.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia