Xitoy 1-Ligasi. Samvel Babayan shogirdlari mavsumni g'alaba bilan boshladi

Eldor Akmurzayev
12 sen 2020
Musobaqaning ilk turi doirasida “Chanchun Yatay” o'z maydonida “Xeyluczyan Lava”ni qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi.

Bahsdagi gollar 2-taymda kiritildi. Mezbonlar Gao Di va Tan Lun gollari hisobiga oldinga o'tib olishgan bo'lsa, 90+3 daqiqada Yuychen Pan javob goli muallifiga aylandi. 

Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa keyingi turni 17 sentyabr kuni safarda “Xuakayer FK”ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:00 ga belgilangan.

“Chanchun Yatay” – “Xeyluczyan Lava” 2:1 (0:0, 2:1)

“Development Area” o'yingohi

Gollar: Gao Di 56, Tan Lun 82, Yuychen Pan 90+3


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia