Buskets yana Messi bilan jamoadosh bo'lganiga munosabatini bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
21 iyul 2023
"Inter Mayami" yarim himoyachisi Serxio Buskets Lionel Messi klubga kelib qo'shilganiga o'z munosabatini bildirdi.

"Leo bilan yana bir jamoada bo'lib, jamoadosh sifatida u bilan birga zavq olishimdan xursandman. Biz uzoq yil davomida "Barselona"da birga o'ynaganmiz va barchasi ajoyib bo'lgan. 

Yo'llarimiz ayro tushgandi, endi esa yana birga o'ynab, futboldan zavq olish imkoniyati paydo bo'ldi. Messigacha ham "Inter Mayami" bilan muzokaralarim bo'lgandi, ammo boshqa variantlar borligini ikkimiz ham bilgandik. "Barselona" sabab Messida biroz ikkilanish bo'lgandir, lekin yakunda barcha o'z tanlovini amalga oshirdi. Uning kelishi men uchun ham xursand bo'larli voqelikka aylandi", - dedi Buskets. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca