

Bugun futbol o'rniga tennis efirga ketadi. Chunki Devis Kubogida hamyurtlarimiz Buyuk Britaniya tennischilariga qarshi kortga chiqishadi. Shu bois Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Lokomotiv" (18:00) hamda "Navbahor" - "Paxtakor" (20:00) uchrashuvlari "Mahalla" telekanali orqali olib beriladi.
"Mahalla" kanalida futbol to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatilishi bois "Tomorqam - xazinam", "Keksalar davrasida" ko'rsatuvlari, "Serjantlar" milliy seriali, "Odamiylik" tok-shousi hamda "Oltin ostona" teleko'rsatuvi ixlosmandlari boshqa payt ko'rishlari mumkin.



