Breaking! Ratino faoliyatini vodiyda davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
9 dek 2025
"Dinamo"ning braziliyalik yetakchisi Ratino "Neftchi"ga o'tdi.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

"So'nggi ikki mavsum Superliga ramziy jamoasidan o'rin olib kelgan braziliyalik Ratino "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi. U yaqin 2 yil davomida Farg'ona klubi sharafini himoya qiladi", – deyiladi xabarda.

Braziliyalik xavbek samarqandliklar tarkibida 31 o'yinda 3 ta to'p kiritdi va 4 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia