

“Golf o'ynashim ko'pchilikka xush kelmaydi. Buning nimasi muammo ekanligini tushunmayman. Shifokorlar bilan bu haqda gaplashdim, hech kim qarshilik bildirmadi.
OAV bu mening formamga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin deya hisoblashadi. Amerikada Stef Karri (basketbolchi) o'yindan oldin golf o'ynay oladi, ammo bu yerda bahsdan 2 kun avval o'ynasam, shov-shuv ko'tarishadi.
Shunchaki o'ynashni yaxshi ko'raman. Bu orqali futbol va salbiy fikrlardan chalgishingiz, hayollaringizni tozalab, futboldagi keying faoliyatingizga e'tiborni qaratishingiz mumkin bo'ladi”, deydi uelslik.
Garet joriy mavsum “qaymoqranglilar” safida 18 o'yinda qatnashib, 3+2 natija ko'rsatdi.



