Arbeloa "Real"dagi kelajagi haqida: "Buni hal qilish menga bog'liq emas"

Sherzod Nurmatov
20 apr 2026, 22:29
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Buni hal qilish menga bog'liq emas. Men umuman kelajagim haqida qayg'urmayman. Meni qolgan ettita o'yin, ayniqsa, ertangi kun o'ylantiradi. Bu ettita o'yin o'ta muhim. Ertaga nimalarga qodirligimizni ko'rsatishimiz kerak. Men faqat shu haqda o'ylayman va bu "Real" uchun muhim bo'lgan yagona narsa", – dedi Arbeloa.

Madridliklar 31 o'yindan so'ng La Liga turnir jadvalida 70 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda, ular yetakchi "Barselona"dan to'qqiz ochko ortda qolmoqda.

15 aprel kuni "Real" Chempionlar Ligasi chorak finalining ikkinchi o'yinida "Bavariya"ga 3:4 hisobida yutqazdi va musobaqani tark etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS