"Benfika" David Luiz bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
28 avg 2021, 13:33
"Arsenal", "Chelsi" va Braziliya terma jamoasi sobiq o'yinchisi David Luiz "Benfika"ga qaytishi mumkin.

Ushbu dam olish kunlarida 34 yoshli braziliyalik klub prezidenti bilan Lissabonda uchrashadi.

Futbolchi 1 iyuldan beri erkin agent maqomida. Oldinroq, u 2007-2011 yillarda "Benfika" sharafini himoya qilgan.

David Luiz 2019/20 yilgi mavsum "Arsenal" safida 32ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Mais Futebol