Belarabi bundesliga tarixidagi eng tezkor golni kiritdi

24 avg 2014, 01:23
Germaniya chempionatining birinchi turidadan o'rin olgan "Borussiya D" - "Bayer" (0:2) uchrashuvida bundesliga tarixidagi eng tezkor gol kiritildi.

Uchrashuv boshlanishi bilanoq oldinga o'tgan "Bayer" jamoasi o'yinning ettinchi sekundida hisobni ochishga erishishdi. To'pni jarima maydonchasi oldida qabul qilib olgan Belarabi to'pni darvozaga yo'llab, hisobni ochishga erishdi. Ushbu gol Germaniya chempionatlaridagi eng tezkor gol sifatida tarixga kirdi.


Manba: eurosport.ru