

Bu haqda "Sky Sport" nashri jurnalisti Florian Plettenberg ma'lumot bermoqda.
So'nggi kunlar davomida himoyachining transferi borasidagi muzokaralarda o'sish kuzatilgan, tomonlar kelishuvga erishishga yaqin.
Leverkuzenliklar o'zlari so'ragan 40 mln evro evaziga futbolchisini sota olmasligini tushunganidan so'ng shu narxga ko'nishga majbur bo'lgan.
Ayni damda "Bavariya" transfer uchun 20 mln evro taklif qilmoqda, Leverkuzen klubi esa yana 5 mln evro qo'shilishini so'rayapti.
Qayd etilishicha, "Bayer" Ta bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar o'tkazgan, biroq futbolchi "Bavariya"ga o'tishni istayotganini ma'lum qilgan.



