"Bavariya" "Monako" himoyachisiga qiziqib qoldi

20 dek 2019, 00:24
Xenriks Bundesligaga qatishi mumkin.

Sky Germany nashri xabariga ko'ra, "Monako" himoyachisi Benjamin Xenriks qishda klubni tark etadi. 22 yoshli germaniyalik himoyachi monegsklar tarkibida o'yin amaliyoti kamligidan norozi bo'lmoqda. "Bavariya" Xenriks atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, "Leyptsig"  Myunxen klubi bilan himoyachi uchun kurashga kirishadi.

Germaniyalik himoyachi Fransiya chempionatining joriy mavsumida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi.


Manba: Sky Germany