Batistuta: "Messi - yozuvchi, Maradona - shoir"

Mirjalol Normatov
24 mar 2018
Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Gabriel Batistuta Diego Maradona va Leo Messini solishtirdi.

"Diego eng yaxshisi bo'lgan. U barcha tomondan Argentinaning timsoli edi. Juda iqtidorli futbolchi bo'lgandi. Messi undan o'tib ketolmaydi. Diego maydonda futbolchilarni boshqarardi, barchaning diqqati aynan unda bo'lardi.

Messi - yozuvchi, Maradona esa shoir. Maradonaga qaraganda Leoda qandaydir jihatlar yo'qdek", - dedi Batistuta


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia