"Barselona" vakillari kiyinish xonasini axlatxonaga aylantirishdi

Aslanov Jasurbek
25 okt 2019, 16:41
23 oktyabr kuni "Slaviya" hamda "Barselona" o'rtasida Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Chexiyadagi bahs 1:2 hisobida yakunlandi va "Barselona" 3 ochko bilan uyga qaytdi.

Uchrashuvdan so'ng Kataloniya klubi joylashgan kiyinish xonasining suratlari Internetda tarqalib ketdi. Rasmda kiyinish xonasining har tarafida paypoq, suv idish va boshqa buyumlar sochilib yotgani aks etgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.net