"Barselona" Reshfordni sotib olishga moyil

Alisher Ostonov
20 dek 2025
"Barselona" angliyalik Markus Reshfordning o'yinidan hayratga tushmoqda va hujumchining shartnomasini "Manchester Yunayted"dan sotib olishga moyil bo'lib bormoqda.

Qayd etilishicha, dastlab bu "ko'k-anorranglilar"ning rejalariga kirmagandi. Kataloniyaliklar hujumchini ijaraga olish bilan cheklanishni va u bilan kelishuvni uzaytirmaslikni kutgandi. Ammo hozirda insayderlarning takidlashicha, "Barselona" Reshfordni 30 mln evroga sotib olish imkoniyatini faollashtirish haqida jiddiy o'ylamoqda.

28 yoshli Markus Reshford joriy mavsum "Barselona" safida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 8 ta assist qayd etdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Mundo Deportivo