"Barselona" "Napoli" xavbekini kuzatmoqda

Alisher
22 fev 2020, 18:20
"Napoli" yarim himoyachisi Elif Elmaz "Barselona" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

20 yoshli makedoniyalik futbolchi yozga qadar "ko'k-anorranglilar" skautlari kuzatuvida bo'ladi.

Xabar qilinishicha, kataloniyaliklar o'yinchini mavsum yakunida 12 million evro evaziga xarid qilishga urinib ko'rishadi.

Elmaz joriy mavsum A Seriyada 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: CalcioMercato