"Barselona" Ferminning agentlari bilan muzokaralar o'tkazdi

Mirjalol Normatov
23 yanv 2026
"Barselona" Fermin Lopes bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

"Diario Sport" ma'lumotiga ko'ra, Ferminga klublarning qiziqishlari ortayotgani sabab "Barselona" futbolchining agentlari bilan uchrashuv o'tkazishga qaror qilgan. Kataloniya klubi futbolchiga yaxshilangan maosh bilan shartnomani 2031 yilgacha uzaytirishni taklif qilmoqchi.

O'z navbatida Fermin ham jamoada qolishni va kelajakda "Barselona"ning muhim futbolchilaridan biri bo'lishni istaydi.

22 yoshli Fermin Ushbu mavsumda LaLiganing 14 o'yinida qatnashib, 4 gol qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport