"Barsa" tarkibini Bernardu Silva bilan kuchaytiradi

27 sen 2022, 11:31
Kataloniyaning "Barselona" klubi yozda amalga oshmay qolgan transferlaridan biridan to'laqonli voz kechgani yo'q.

"Ko'k-anorranglilar" yozgi transferlar oynasida "Manchester Siti" futbolchisi Bernardu Silvani xarid qilishni oxiriga etkazib qo'ya olmadi. Jamoa ustozi Xavi Ernandes hamon tarkibni portugaliyalik futbolchi bilan kuchaytirish fikridan qaytgani yo'q. Futbolchi klubning kelasi yozdagi bosh maqsadlaridan biri bo'ladi. Uni qishki transferlar chog'idayoq qo'lga kiritish varianti ham yo'q emas. Yozda uning Kataloniyaga o'ta olmagani ispan klubiga moliyaviy tomondan ham yana bir qiyinchilikka duch kelishining oldini olgan edi.

28 yoshli Silva ushbu mavsumda "shaharliklar" tarkibida 9 ta o'yinda maydonga tushib, 2 gol va 3 asist natijasini qayd etdi.


Manba: Mundo Deportivo