"Barsa" Mukokoni sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
21 noya 2022, 16:08
Kataloniya klubi "Borussiya" Dortmund hujumchisi Yussufa Mukokoni xarid qilishni rejalashtirmoqda.

18 yoshli hujumchi agar Germaniya terma jamoasi ustozi maydonda harakatlanishi uchun etarlicha vaqt beradigan bo'lsa, Qatardagi Jahon chempionatida porlaydigan o'yinchilardan biri, deb qaralmoqda. U jamoasida mavsum startidagi kabi 8 o'yinda 6 ta gol urish natijasini takrorlay olsa, mundialning yulduzlaridan biriga aylanishi mumkin. 

Uning nemis klubi bilan bitimi 30 iyunda tugaydi va ko'plab klublar yanvar oyida sotib olish yoki olti oydan keyin tekinga qo'lga kiritish imkoniga ega bo'ladi. Mukokoning porlashi Dortmund klubi uchun kutilmagan hodisa bo'ldi. Endi ular futbolchini jamoada saqlab qolishga urinadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es