A Seriya. "Inter" qiyin o'yinda Bergamoda "Atalanta"ni minimal hisobda mag'lub etdi va jadvalda birinchi o'ringa ko'tarilib oldi

Alisher Ostonov
29 dek 2026
Italiya A Seriya 17-tur doirasidagi "Atalanta" - "Inter" o'yini o'tdi.

O'yinning 65-daqiqasida "Atalanta" o'yinchisi qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va bundan Lautaro Martines foydalangan holda raqib darvozasini ishg'ol qildi. "Inter" Bergamoda uch ochkoni qo'lga kiritdi.

"Inter" 16 turdan so'ng 36 ochko jamg'argan holda chempionat turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. Eng yaqin taqibchi bo'lmish "Milan" bir ochko kamroq jamg'argan.








Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia